Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ ning kon-geofizika asbob uskunalari texnik parkida Rossiya Federatsiyasidagi yagona ishlab chiqaruvchi “Neftegazgeofizika” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori harorat va bosimga ega chuqur quduqlarda tadqiqot o‘tkazish uchun mo‘ljallangan kon geofizika priborlari mavjud.

08.09.2022
1425

Respublikamizning barcha neft-gazli hududlarida uglevodorod xom-ashyosini qazib olishni ko‘paytirish maqsadida chuqur bo‘lgan, shu qatorda paleozoy qatlamlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. “O‘zbekgeofizika” AJ ning kon-geofizika asbob uskunalari texnik parkida Rossiya Federatsiyasidagi yagona ishlab chiqaruvchi “Neftegazgeofizika” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori harorat va bosimga ega chuqur quduqlarda tadqiqot o‘tkazish uchun mo‘ljallangan kon geofizika priborlari mavjud.  Qatlam bosimi 1000 atmosfera va harorat 200°S ga yetadigan  chuqur quduqlarda geofizik tadqiqot ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida “O‘zbekgeofizika” AJ ning taklifiga binoan Buxoro shahridagi “Amirobod KGE” filialida “Neftegazgeofizika” MChJ mutaxassislari tomonidan ushbu priborlarga diagnostika va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech