“O‘ZBEKGEOFIZIKA KUBOGI – 2026” YAKUNLANDI!
Prezidentimiz tomonidan sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar, shuningdek, “O‘zbekgeofizika” AJning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan “Yoshlar dasturi” doirasida 2026-yil 18–19-sentabr kunlari Jamiyat va uning filiallari o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zbekgeofizika” AJ rahbariyati ishtirok etib, jamoalarga omad tiladi. Sardorlarga musobaqa qoidalari va tartib-intizom talablari tushuntirilib, qur’a tashlash orqali jamoalar ketma-ketligi belgilandi.
Ikki kun davomida jamoalar halol, murosasiz va qizg‘in bahslarda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan nonushta va tushlik tashkil etildi.
Shuningdek, futbolchilar uchun mazmunli hordiq va ma’naviy-ma’rifiy dam olish maqsadida Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya tashkil etildi.
Musobaqa yakunlari:
1-o‘rin — Buxoro GE
2-o‘rin — Yakkabog‘ GE
3-o‘rin — Farg‘ona GE
Barcha jamoalarni faol ishtiroki bilan tabriklaymiz hamda g‘olib va sovrindorlarga yangi zafarlar tilaymiz!



