Hayot 2D va Tuyamuyin 2D seysmik qidiruv dala partiyalariga tashrif buyurildi

“O’zbekgeofizika” AJ ning “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filiali doimiy harakatdagi ishchi guruhi tomonidan Hayot 2D va Tuyamuyin 2D seysmik qidiruv dala partiyalariga tashrif buyurildi.
O‘rganish davomida bajarilayotgan geofizik-qidiruv ishlarning sifati, belgilangan rejalar bajarilishi, dala partiyalaridagi hisoblash markazlarining holati nazorat qilindi, kelgusida bajarilishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.
Joriy yilda filial tomonidan 2D seysmik qidiruv ishlarida 2400 pog. km ish hajmini bajarish rejalashtirilgan.