Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Ishchi guruhning Qoraqalpog‘istondagi ish safari davom etmoqda

17.08.2026
21

14–15 avgust kunlari ishchi guruh tomonidan “Yakkabog‘ GE” filialiga qarashli Shorja 3D seysmik qidiruv dala partiyasi hamda “Ustyurt GE” filialiga qarashli Aktumsuk 2D seysmik qidiruv loyihasidagi ishlarning holati va sifati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida dala ishlarining bajarilish sifati, xodimlarning yashash sharoitlari, mehnat va texnika xavfsizligi talablari, shuningdek, avtotransport vositalarining texnik holati va yaroqliligi ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng “Ustyurt GE” filiali faoliyati, mavjud sharoitlar va olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan filial rahbarlari va mutaxassislariga tegishli topshiriqlar berilib, ularning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi nazoratga olindi.
Shuningdek, filialda sayyor qabul o‘tkazilib, xodimlarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Bildirilgan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ishlarning sifatli tashkil etilishi, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha nazorat ishlari davom ettiriladi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech