Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“Oʼzbekgeofizika” АJda "Dala partiyalari oʼrtasida tajriba almashish amaliyoti" yoʼlga qoʼyilgan

12.05.2023
588

“Oʼzbekgeofizika” АJ ning "Buxoro geofizika ekspeditsiyasi" sohada har tomonlama yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida filialda faoliyat yuritayotgan muhandis-texnik xodimlarning dala geofizika sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash borasida "Dala partiyalari oʼrtasida tajriba almashish amaliyoti" yoʼlga qoʼyilgan.

Shu maqsadda filialning 2D va elektr qidiruv partiyalari mutaxassislari Аlan 01/2023-2024 loyihasi asosida ish olib borayotgan 3D dala partiyasiga tashrif buyurdilar.

Аmaliyot davomida mutaxassislar seysmik qidiruvning 3D ishlarini rejalashtirishdan boshlab dala hisoblash markazida dastlabki dala maʼlumotlarini qayta ishlash jarayonigacha yetarli bilim va koʼnikmaga ega boʼldilar.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech