Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJga ISO 37001:2016 halqaro sertifikati berildi

28.08.2023
488

             Joriy yilning 28 avgust kuni “O‘zbekgeofizika” AJ va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha” O‘zbekiston Respublikasi seminar o‘tkazildi.

            “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv Raisi Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha ishtirokchilarni tanishtirdi.                      

            Tadbir davomida Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentlikning sohadagi vakolatlari to‘g‘risidagi mavzuda Agentlik mas’ul xodimi N.Samandarova va O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh.Sagdullaevlarning ma’ruzalari tinglandi.

            Shu bilan birga tadbirda “CERT International” kompaniyasi tomonidan ISO 37001:2016 halqaro standarti talablariga muvofiq o‘tkazilgan audit natijasi va tegishli sertifikatni kompaniya masul xodimi A.Alimov tomonidan “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisiga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech