Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining farmoyishiga muvofiq “Geolog ayollar – nafosat timsoli” shiori ostida “Gimnastrada” musobaqasi bo'lib o'tdi.

14.11.2022
548

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 22.10.2022 yildagi № 47 sonli farmoyishiga muvofiq, hamda geologiya tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, “Geolog ayollar – nafosat timsoli” shiori ostida “Gimnastrada” musobaqasi 12-13 noyabr kunlari “Chotqol RM” MCHJ da o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufidagi 9 nafar tashkilotlar munosib ishtirok etishdi. Tadbirda oliy toifali sport ustozlari hakamlik qildi.

Xakamlar hayati qaroriga muvofiq:
1 o‘rin – “O‘zbekgeofizika” AJ jamoasi;
2 o‘rin – “Mineral resurslar instituti” DM jamoasi;
3 o‘rin – Geologiya fanlari universiteti jamoasi.

“O‘zbekgeofizika” AJ rahbariyati ushbu musobaqada sovrinli o‘rinni egallagan “O‘zbekgeofizika” AJ jamoasini samimiy muborakbod etadi.

   

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech