"O‘zbekiston ayoli - sog‘lom oila va sog‘lom jamiyat timsoli" shiori ostida “Energetika xotin-qizlari xalqaro forumi” o‘tkazildi.

Joriy yilning 16-18 avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrining purviqor tog‘lari bag‘rida joylashgan “Lochin” bolalar dam olish oromgohida O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, "O‘zbekneftgaz" AJ xotin-qizlar qo‘mitasi hamda "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ hamkorligida "O‘zbekiston ayoli - sog‘lom oila va sog‘lom jamiyat timsoli" shiori ostida “Energetika xotin-qizlari xalqaro forumi” o‘tkazildi.
Forumda 200 nafarga yaqin ishtirokchilar, shuningdek, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Tatariston mamlakatlarining energetika va neft-gaz sanoati korxonalardagi mavjud kasaba uyushma qo‘mitalarining 10 nafar vakillari ishtirok etishdi. Turli xil bayram tadbirlari, seminar treyninglar, intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari hamda shou dasturlar tashkillashtirildi. Ushbu forumda “O‘zbekgeofizika” AJ ning faol xodimlari ishtirok etishdi va “Zakovat” intellektual o‘yinida sovrinli 2 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.