Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

16.10.2026

E’LON

“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati transport bo‘yicha yetakchi muhandis lavozimiga   

  nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi.

 

“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining vakant lavozimlariga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risidagi nizomga asosan “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati transport bo‘yicha yetakchi muhandis lavozimiga  tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

- Oliy texnik ma'lumotga va tashkilot tarmog‘iga tegishli profilidagi muhandis-texnik lavozimlarida  kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lish.

Tillarni bilishi:

 Rus, o‘zbek tillarini mukammal bilishi, ingiliz tilini yaxshi bilishi.

Kompyuter bilimi:

 MS Office, EXCELL ishonch bilan foydalanish.

Xizmat vazifalari:

-Jamiyat tasarrufidagi avtotransport vositalaridan samarali va maqsadli foydalanilishini tashkil etish hamda ularning texnik holati ustidan nazoratni amalga oshirish.

-Avtotransport vositalarining texnik holatini nazorat qilish, ularga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish.

-Transport vositalarining rejali texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi, belgilangan muddatlarda texnik xizmat ko‘rsatilishi va ta’mirlash ishlari bajarilishini nazorat qilish.

-Avtotransport vositalarida aniqlangan texnik nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish hamda ularning soz holatda saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rish.

-Transport vositalarining ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko‘rsatilishi va ta’mirlanishiga oid ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish.

-Avtotransport vositalarining texnik holati va ekspluatatsiyasi bo‘yicha hisobotlar hamda tegishli ma’lumotlarni tayyorlash.

-Transport vositalarining texnik pasportlari, ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlari, texnik ko‘rik va ta’mirlashga oid hujjatlarning belgilangan tartibda yuritilishi va saqlanishi ustidan nazorat qilish.

-Avtotransport vositalarini ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va texnik materiallarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda ularni xarid qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

-Transport vositalarining bekor turib qolish holatlarini kamaytirish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish va texnik resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

-Avtotransport vositalarining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishini nazorat qilish.

-Transport vositalarining texnik holati va ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq avariyalar, nosozliklar hamda boshqa holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va rahbariyatga axborot taqdim etish.

-Transport vositalarining texnik holatida xavfsiz ekspluatatsiya qilishga to‘sqinlik qiluvchi nosozliklar aniqlanganda, ulardan foydalanishni cheklash yoki to‘xtatish bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritish.

-Transport vositalarini saqlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonida mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi hamda texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

-Avtotransport vositalarining ekspluatatsiyasi va texnik holatiga oid masalalar bo‘yicha jamiyatning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish.

-O‘z vakolati doirasida rahbariyatning topshiriqlari, buyruqlari va farmoyishlarini bajarish.

Mehnat sharoitlari:

 Ish vaqti: 08.00 dan 17.00 gacha. Doimiy ish.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Ish haqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to‘lovlarni (mukofotlar).

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:

 Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma’lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to‘g‘risida guvohnoma) “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining xodimlarni boshqarish, tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limida qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati 2026 yil 26-oktabr soat 16-00 ga qadar.

Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 71 264-84-88 telefon raqami orqali bog‘lanishi mumkin.

 

 

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech