Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

24.01.2024

Е’lon

Tanlovda ishtirok etish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

- oliy ma'lumotga ega bo‘lishi;

- komplaens yoki xavf xatarlarni boshqarish, ichki nazorat yoki ichki audit , huquqyoki iqtisodiy xavfsizlik sohasi bo’yicha 3 yildan kam boʼlmagan ish tajribasiga ega bolishi;

- iqtisodiy va yoki boshqaruv sohasida jinoyatlar uchun so‘ndirilmagan  sudlanganligi;

Tillarni bilishi:

O’zbek tilini mukammal bilishi, rus, ingliz va tillari ma'qullanadi.

Kompyuter bilimi:

MS Office- ishonch bilan foydalanish.

Xizmat vazifalari:

Tashkilotda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish.

Tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.

Faoliyatni to‘liq korrupsiyaga qarshi qonunchilikka muvofiq tashkil etish va idoraviy halollikni ta’minlash choralarini ko‘rish.

Tashkilot faoliyatining ochiq, shaffof hamda davlat va jamiyat oldidagi hisobdorligini ta’minlash.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat idoralari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Sohadagi korrupsiyaga oid murojaatlarning monitoringini yuritish.

 

Mehnat sharoitlari:

Ish vaqti: 5/2, soat 8:00 dan 17:00 gacha. Doimiy ish.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Ish haqqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to'lovlarni (mukofotlar).

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:

Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma'lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to'g'risida guvohnoma) “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining xodimlarni boshqarish, tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limininga qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2024 yil 02 fevral soat 16-00 ga qadar.

Tanlov bo'yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 71 264-84-88 telefon raqami orqali bog'lanishlari mumkin

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech