10.11.2025
Е’lon "O'zbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Yakkabog’ geofizika ekspeditsiyasi” filiali Geofizik qidiruv ishlari hujjatlarini loyihalash bo’limi yetakchi iqtisodchi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo'yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi.
"O'zbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyatining vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o’tkazishda tanlov asosida saralab olish tog’risidagi nizomga asosan
Geofizik qidiruv ishlari hujjatlarini loyihalash bo’limi boshlig’i
Tanlovda ishtirok etish uchun "O'zbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 14 noyabrdagi 134-sonli buyrug’iga asosan tasdiqlangan vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o’tkazishda tanlov asosida saralab olish tog’risidagi nizomning 3-bobiga asosan “Yakkabog’ geofizika ekspeditsiyasi” filialida samarali faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar taklif etiladi.
Nomzodga qo'yiladigan talablar:
Oliy ma’lumot, 2D va 3D loyiha va smeta hujjatlarini tuzishda ishtirok etgan bo’lishi kerak Mutahasisligi bo’yicha muhandis tehnik va rahbar lavozimlaridagi ish staji kamida 5 yil,
Tillarni bilishi:
Rus tili va ingliz tillarini bilishi kerak.
Kompyuter bilimi:
Majburiy: MS Office, excel, Power Point va boshqalarni bilishi kerak.
Xizmat vazifalari:
- 2D va 3D loyihalarini tekshirish (Loyihaning I qismi), texnik-ishlab chiqarish qismini tuzish (Loyihaning II qismi), Loyihaning batafsil tuzilgan texnik-ishlab chiqarish va geologik-uslubiy qismlariga asoslanib loyihaviy ishlarni narxini aniqlovchi smeta (Loyihaning III qismi) tuzish va rahbarlik qilish.
2.Filial tomonidan bajariladigan barcha turdagi geologik-qidiruv, ilmiy tadqiqot, mavzuga oid va tajribaviy ishlari loyiha va smetalariga tashqi ekspertizani tashkil qilish (zarur holatlarda).
3.Filial rahbariyati buyrug’iga asosan-vaqtinchalik me’yorlar, yo’riqnoma materiallari va geofizik ishlarning boshqa turlari uchun ishlab chiqarilgan moliyaviy hisob-kitoblarni ekspertizadan o’tkazish.
4.Loyihalarning geofizik-uslubiy qismini himoya qilishdan avval ishlarning tahminiy qiymatini operativ baholashni amalga oshirish.
5.Tugatilgan ishlar bo’yicha geologik hisobotlarni ularning loyihaviy topshirig’iga, ish uslubiga, kutilayotgan natijalarga, ish turlari va hajmlariga muvofiqligi bo’yicha ekspertizani tashkil qilish va o’tkazish.
6.Hisob-kitob ishlarini o’z vaqtida ko’paytirish, muqovalash, tasdiqlash, tegishli bo’limlarga yuborish va rasmiylashtirish.
7.Boshqa tashkilotlar tomonidan bajariladigan ishlar va loyiha-smeta hujjatlarining bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
Mehnat sharoitlari:
Ish vaqti: 5/2, 8.00-.17.00.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ish haqqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to'lovlarni (mukofotlar).
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:
Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma'lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to'g'risida guvohnoma) “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining “Yakkabog’ geofizika ekspeditsiyasi” filiali xodimlarni boshqarish, tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limiga qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2025 yil 24-noyabr 16-00 ga qadar.
Tanlov bo'yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 88 802-50-30 telefon raqami orqali bog'lanishlari mumkin.
Arizangizni yuboring



