15.10.2026
E’LON
“Amirobod kon geofizika ekspeditsiyasi” filiali Quduqlarda geoximik va geologik-texnologik tadqiqotlar o’tkazish kon geofizika partiyasi otryad boshlig’i lavozimiga
tanlov e’lon qiladi.
O’zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi Qonunga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarni joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF 4720-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PF 5843-sonli Farmoni, Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasining 15.02.2021 yildagi 27-sonli Buyrug’i va “O’zbekgeofizika” AJning 18.02.2021 yil 25-sonli Buyrug’i va “Amirobod kon geofizika ekspeditsiyasi” filiali 2023 yil 26.06.dagi 102-k Buyrug’iga muvofiq, Quduqlarda geoximk va geologik-texnologik tadqiqotlar o’tkazish kon geofizika partiyasi otryad boshlig’i lavozimiga nomzodlar tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xalqaro menedjerlar, shu jumladan vatandoshlarni va xorijiy tajribaga ega malakali mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:
- Oliy kasbiy ma’lumot va ishlab chiqarishda texnik rahbarlik malakasiga ega bo’lishi, hamda mutaxassis lavozimida kamida 3 yil stajga yoki, o’rta-maxsus ma’lumot va hu sohada 5 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lishi;
- Maxsus tegishli guvohnomalarning mavjudligi;
Bilishi shart:
- Partiyaning ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli qarorlar va boshqa qo’llanmalarni.
- Geologik-texnologik va geokimyoviy va boshqa geofizik ishlarning ishlab chiqarish texnologiyasini va ushbu ishlarning sifatiga qo’yiladigan talablarni
- Geologik va geokimyoviy materiallarni qayta ishlash usullari
- Geologik va geokimyoviy grafik diagrammalarni tuzish va karotaj materiallarini qayta ishlash prinsiplari va usullarini
- Elektrotexnika asoslarini, geofizik asboblar (datchiklar)
- O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, xavfsizlik texnikasi uskunalarning texnik holati, xavfsiz ishlash talablariga muvofiqligini nazorat qilish. Sanoat va mehnat xavfsizligi ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish asoslari, sanoat sanitariyasi va yong’indan himoya qilish qoidalari.
Tillarni bilishi:
- O’zbek va rus tillarini mukammal bilishi, ingliz tilini bilishi talab etiladi.
Kompyuter bilimi:
MS Office – ishonch bilan foydalanish.
Xizmat vazifalari:
- Ishlab chiqarishni tashkil etish va unga rahbarlik qilish
- Burg’ulash loyihasi, geologik va GSI (geologiya texnologiya tadqiqotlari) reglamentiga muvofiq, quduq boshida otryadning uzliksiz, kecha-kunduz ishlarini tashkil etadi.
- Quduqni chuqurlashtirish jarayonida geologiya-texnologiya, geoximik va burg’ulash parametrlarini uzluksiz yig’ish, qayta ishlash hamda interpretatsiya (talqin) qilishni ta’minlaydi.
- GSI stansiyasi va barcha o’lchov datchiklarning (bosim, yuvish eritmasi sarfi, sath, og’irlik, gaz karataji va boshqalar) ishni tezkor nazorat qiladi va hokazo.
Mehnat sharoitlari:
Ish vaqti: vaxta usulida ish sharoiti, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etishning namunasi:
Rezyume yoki Tavsifnoma, diplom nusxalari, sertifikatlar.
“O’zbekgeofizika” AJ Kadrlar va ularni malakasini oshirish bo’limida qabul qilinadi.
Hujjatlarni taqdim qilish muddati:
2026 yil 24.10., soat 16.00.ga qadar
Tanlov to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotlar quyidagi raqam orqali olinadi:
71-264-84-88
Arizangizni yuboring



