02.10.2026
E’LON
“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining vakant lavozimlariga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risidagi nizomga asosan Zahiralarni hisoblash tajriba uslubiy partiyasi (ZHTUP) boshlig‘i lavozimiga tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
oliy kasbiy (geologik, texnik yoki muhandislik-iqtisodiy mutaxassisligi bo‘yicha) ma’lumotga hamda geologiya va yer osti boyliklarini qidirish sohasida kamida besh yil davomida ish tajribasiga (stajiga) ega bo‘lishi;
maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega ekanligi yoki kelajakda mazkur ruxsatnoma rasmiylashtirilishiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy holatlarning mavjud emasligi.
Tillarni bilishi:
Rus, o‘zbek tillarini mukammal bilishi, ingiliz tilini yaxshi bilishi.
Kompyuter bilimi:
MS Office, EXSELL ishonch bilan foydalanish.
Xizmat vazifalari:
- Geologik qidiruv maydonining ishlab chiqarish, xo‘jalik, iqtisodiy va geologik qidiruv (geofizik) faoliyatini boshqaradi.
- Maydonlar bo‘yicha rejalashtirilgan vazifalarni o‘z vaqtida (belgilangan muddatda) bajarilishini ta’minlaydi.
3.Maydonlarda ishlashni rejalashtirishda, loyiha-smeta hujjatlari va geologiya-qidiruv geofizik vazifalarini ishlab chiqishda, hamda geologiya-qidiruv geofizik ishlari natijalarini rasmiylashtirish va topshirishda qatnashadi.
4.Geologik qidiruv ishlarini tashkillashtirish, olib borish
va tugatishni ta’minlaydi hamda nazorat qiladi.
5.Partiya va bo‘linmalar (otryad) ishlarini tasdiqlangan ishlab chiqarish topshiriqlari va reja-grafiklariga muvofiq belgilaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
- Bo‘linma (otryad) va alohida ijrochilarni ularning ixtisosligi hamda malakasiga muvofiq ravishda oqilona tartibga solishni amalga oshiradi.
7.Partiyaning asbob-uskunalar, qurilmalar, kiyim-boshlar va boshqa moddiy resurslarga ehtiyojini aniqlaydi hamda ularni qabul qilish, hisobga olish, saqlashni nazorat qiladi.
8.Partiya ob’ektlari bo‘yicha texnik vositalar va boshqa resurslarni taqsimlashni amalga oshiradi, ulardan foydalanish, ekspluatatsiya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlashni nazorat qiladi.
9.Tashkiliy, texnik va texnologik yechimlarni tanlashda, shuningdek, tegishli ishlab-chiqarish va texnik hujjatlarni tayyorlashda muvofiqlashtiradi hamda ishtirok etadi.
- Geofizik ishlarning ishlab chiqarish texnologiyasiva qoidalariga rioya qilishni ta’minlaydi va nazorat qiladi.
- Partiya faoliyatini tahlil qiladi va ishlarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish bo‘yicha choralar ko‘radi.
- Ishlarni tashkil etish va texnologiyasini takomillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot tannarxini (ishlab chiqarish xarajatlarini) pasaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi va boshqaradi.
- Bajarilgan ishlar hajmi va sifatini hisobga olishni, shuningdek, geologik hujjatlar va materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
- Tegishli hujjatlarni to‘g‘riligini va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlaydi, ish me’yori va ish haqini tashkillashtirish bo‘yicha ishlarni olib boradi.
- Ish haqi va moddiy boyliklar xarajatlarini hisobdan chiqarish hujjatlarini, shuningdek, ZHTUP faoliyati borasidagi boshqa tezkor ma’lumotlarni yuqori turuvchi tashkilotga taqdim qiladi.
- Partiya rahbarlari va xizmatlari ish faoliyatini muvofiqlashtiradi.
- Xodimlarni tanlash (saralash), ularni joylashtirish va ulardan oqilona foydalanishni hamda xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
- Unga bo‘ysunadigan xodimlarni tayinlash, boshqa joyga ko‘chirish va ishdan bo‘shatish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
- Geologik tashkilotning funksional bo‘linmalari (ekspeditsiya, partiya) bilan o‘zaro aloqada ishlashni amalga oshiradi.
- Yer qa’rini geologik-geofizik jihatdan o‘rganish, yer osti boyliklaridan foydalanish, yer qa’ri va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, xavfsizlik qoidalari, yong‘indan himoya qilish qoidalari, mehnat va ishlab chiqarish intizomi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini ta’minlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
- ZHTUP ishchi-xodimlarini nazorat qiladi.
Mehnat sharoitlari:
Ish vaqti: 08.00 dan 17.00 gacha. Doimiy ish.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ish haqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to‘lovlarni (mukofotlar).
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:
Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma’lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to‘g‘risida guvohnoma) “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining xodimlarni boshqarish, tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limida qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati 2026 yil 12-oktabr soat 16-00 ga qadar.
Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 71 264-84-88 telefon raqami orqali bog‘lanishi mumkin.
Arizangizni yuboring



