Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

02.10.2026

E’LON

“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining vakant lavozimlariga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risidagi nizomga asosan Bosh mexanik va metrolog bo‘limi bosh mexanik lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

    Oliy texnik ma’lumot va tashkilot tarmog‘iga tegishli profildagi boshqaruv va muhandislik-texnik lavozimlarda kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

Tillarni bilishi:

Rus, o‘zbek tillarini mukammal bilishi, ingiliz tilini yaxshi bilishi.

Kompyuter bilimi:

MS Office, EXSELL ishonch bilan foydalanish.

Xizmat vazifalari:

1.Jamiyatdagi barcha avtotransport vositalari, mexanizmlar va boshqa uskunalarning uzluksiz va texnik jihatdan to‘g‘ri ishlashi va ishonchli ishlashini, uni kerakli aniqlik darajasida ishlaydigan holatda saqlashni ta’minlaydi, ularni tekshirish, sinovdan o‘tkazish va profilaktik ta’mirlash rejalarini “rejali profilaktik ta’mirlashning yagona tizimi”  qoidalariga muvofiq ishlab chiqishni tashkil qilish, ushbu rejalarni  tachdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qilish

  1. korxonaning asbob-uskunalari, binolari va inshootlarini ta’mirlash ishlarini olib boruvchi bo‘lim xolimlari va bo‘linmalariga rahbarlik qilish, ularning malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish
  2. tashkilot rahbariyati tomonidan qonunchilikka muvofiq berilgan boshqa vazifalarni bajarish.

4.ishlab chiqarishning asosiy vositalarini inventarizatsiya qilishni tashkil qilish, eskirgan uskunalarni, kapital ta’mirlashni talab qiladigan ob’ktlarni aniqlaydi va ta’mirlash ishlarining ketma—ketdhligini belgilash.

  1. ta’mirlash ishlarini bajarishda mehnatni muxofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini ta’mirlash.

Mehnat sharoitlari:

Ish vaqti: 08.00 dan 17.00 gacha. Doimiy ish.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Ish haqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to‘lovlarni (mukofotlar).

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:

Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma’lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to‘g‘risida guvohnoma) “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining xodimlarni boshqarish, tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limida qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati 2026 yil 12-oktabr soat 16-00 ga qadar.

Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 71 264-84-88 telefon raqami orqali bog‘lanishi mumkin.

 

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech