Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

02.10.2026

E’LON

 

“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining vakant lavozimlariga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risidagi nizomga asosan “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali direktori lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

    oliy kasbiy (texnik yoki muhandislik-iqtisodiy) ma’lumot va neft va gaz
sanoatida rahbar lavozimlarda kamida 10 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;

        maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega ekanligi yoki kelajakda mazkur ruxsatnoma rasmiylashtirilishiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy holatlarning mavjud emasligi.

Tillarni bilishi:

Rus, o‘zbek tillarini mukammal bilishi, ingiliz tilini yaxshi bilishi.

Kompyuter bilimi:

MS Office, EXSELL ishonch bilan foydalanish.

Xizmat vazifalari:

  1. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliya-xo‘jalik faoliyati rejalariga, faoliyatning moliyaviy-iqtisodiy natijalari rahbarlik qiladi, qabul qilingan qarorlarning oqibatlari, korxona mulkining saqlanishi va samarali ishlatilishi uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

2.Tashkilotning barcha tarkibiy bo‘linmalari va ishlab chiqarish bo‘linmalarining ishini va samarali o‘zaro hamkorligini tashkil qiladi, ularning faoliyatini ijtimoiy va bozor ustuvorliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishga, ish samaradorligini, sof foydani ko‘paytirish ish hajmining bajarilish sifatini oshirishga yo‘naltiradi.

3.Barcha bo‘limlarning respublika, viloyat va mahalliy budjetlar, davlat budjetidan tashqari ijtimoiy jamg‘armalari, yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar va kreditorlar, shu jumladan bank muassasalari oldidagi majburiyatlarini, shuningdek, xo‘jalik va mehnat shartnomalari (kontraktlari) hamda biznes rejalari bo‘yicha majburiyatlarini bajarilishini ta’minlaydi.

4.Investitsion loyihalar samaradorligini va tarmoqdagi tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini amalga oshirishdan kelib chiqadigan tavakkallarni baholashni boshqaradi. Neft va gaz kompaniyalari raqobatlashadigan bozor muhiti tahlilini tashkil qiladi.

5.Loyihalarning ekspertizasini tashkil qiladi va ularning iqtisodiy va moliyaviy samaradorligini baholaydi va tabiiy resurslar, energiya, materiallar, xodimlar, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash hamda ekologik va iqtisodiy ekspertizalarni tashkil qiladi.

6.Yangi texnika va texnologiyani, mehnatni boshqarish va tashkil etishning ilg‘or shakllarini, moddiy, moliyaviy va mehnat xarajatlarining ilmiy asoslangan standartlarini keng qo‘llash, mahsulot (xizmatlar)ning texnik darajasi va sifatini, uni ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini har tomonlama oshirish maqsadida va ilg‘or tajribani o‘rganish asosida korxona faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga rahbarlik qiladi (mahalliy va xorijiy).

7.Bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, ularning kasbiy bilimlari va tajribasidan oqilona foydalanish va rivojlantirish, hayot va sog‘liq uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish choralarini ko‘radi.

8.Rahbarlikning iqtisodiy va ma’muriy usullarining to‘g‘ri uyg‘unligini, masalalarni muhokama qilish va hal qilishda va xodimlar birligini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni, unga va butun jamoaning ish natijalari, ish haqini belgilangan muddatlarda to‘lash, har bir xodimning topshirilgan ish uchun javobgarlik tamoyilini qo‘llashni ta’minlaydi.

9.Mehnat jamoalari va kasaba uyushma tashkilotlari bilan birgalikda ijtimoiy sheriklik tamoyillariga asoslanib, u jamoa shartnomasini tuzish va amalga oshirishni, mehnatga rag‘batlantirish, tashabbuskorlik va faollikni rivojlantirishga yordam beradi. Tashkilot xodimlari mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishni ta’minlaydi.

10.Tashkilotning moliyaviy-xo‘jalik va ishlab chiqarish xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq masalalarni qonun bilan berilgan huquqlar doirasida hal qiladi. Faoliyatning ayrim yo‘nalishlarini amalga oshirishni o‘rinbosarlariga, bo‘limlar rahbarlariga, shuningdek, funksional va ishlab chiqarish bo‘linmalariga yuklaydi.

11.Tashkilot faoliyatida va uning iqtisodiy munosabatlarini amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishini, moliyani boshqarishida faoliyat yuritishning huquqiy vositalaridan foydalanishni, shartnoma va moliyaviy intizomni mustahkamlashni, bajariladigan ish hajim faoliyati ko‘lamini saqlab qolish va kengaytirish maqsadida investitsiya, ijtimoiy va mehnat munosabatlarini tartibga solishni ta’minlaydi.

12.Tashkilotning mulkiy manfaatlarini sud, hakamlik, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida himoya qiladi.

Mehnat sharoitlari:

Ish vaqti: 08.00 dan 17.00 gacha. Doimiy ish.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Ish haqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to‘lovlarni (mukofotlar).

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:

Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma’lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to‘g‘risida guvohnoma) “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining xodimlarni boshqarish, tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limida qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati 2026 yil 12-oktabr soat 16-00 ga qadar.

Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 71 264-84-88 telefon raqami orqali bog‘lanishi mumkin.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech