14.10.2025
“O‘zbekgeofizika” AJ bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot
“O’zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati “Farg’ona geofizika ekspeditsiyasi” filiali Qo‘qon kon geofizika partiyasi yetakchi geofizigi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo’yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi
“O’zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o’tkazishda tanlov asosida saralab olish to’g’risidagi nizomga asosan Qo‘qon kon geofizika partiyasi yetakchi geofizigi lavozimiga tanlovini e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarnig fuqarolari taklif etiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy geologik va geofizik ma’lumotga hamda geologiya soxasida va mutaxassislik bo’yicha texnik - geofizik lavozimlarida 3 yildan kam bo’lmagan ish tajribasiga ega bo’lishi:
-Geofizik tashkilotlarning ishlab chiqarish faoliyati soxasidagi me’yoriy xuquqiy bilimlarga ega bo’lishi.
Tillarni bilishi:
O‘zbek tilini mukammal bilishi, Rus,ingliz tilini yaxshi bilishi.
Kompyuter bilimi:
MC office programmalarida - ishonch bilan foydalanish.
Xizmat vazifalari:
- Partiyaning ishlab chiqarish faoliyatiga doir buyruqlar, farmoyishlar va boshqa nizomlariga rioya qilishi.
- Loyiha va smeta hujjatlarini o’z vaqtida tuzish bo’yicha ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
- Loyiha-smeta xujjatlarini tayyorlash bo’yicha maslaxatlar beradi.
- “O’zbekgeofizika” AJ loyixalash guruxi bilan birgalikda loyixada nazarda tutilgan obiektlarni loyixalash, smeta xujjatlarini tuzish, xisob-kitoblarni asoslashda ishtirok etadi.
- Loyihalashda qo’llaniladigan amaldagi normalarni, birlik narxlari kataloglarini, kattalashtirilgan kompleks narxlarni va xokazolarni tekshiradi.
- Loyixa-smeta hujjatlari bo’yicha raxbariyatning aloxida topshiriqlarini bnajaradi.
- O’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, geologiya-qidiruv ishlarini loyixalash va markalash bo’yicha amaldagi standartlar va qoidalarning qo’llanilishi asoslari, tog’ri va to’liqligi, loyixa va smeta xujjatlarining o’z vaqtida tayyorlanishi va o’z vaqtida ekspertizadan o’tkazilishiga javobgardir.
Mehnat sharoitlari:
Ish vaqti 5/2 08:00 - 17:00. Doimiy ish.
O‘zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ish xaqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish xaqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to’lovlarni (mukofotlar).
Tanlovda ishtirok etish uchun xujjatlarni topshirish tartibi:
Lavozimga talabgor bo’lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma’lumotnoma, diplomlar va guvoxnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to’g’risida guvoxnoma) “O’zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati “Farg’ona geofizika ekspeditsiyasi” filiali xodimlarni boshqarish, tayyorlash va qayta tayyorlash bo’limida qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddatlari: 2025-yil 29-oktyabr soat 16:00 ga qadar.
Tanlov bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar +99891 1536502 telefon raqami orqali bog’lanishlari mumkin.
Arizangizni yuboring



