09.07.2026
“O‘zbekgeofizika” AJ bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot
E’LON
“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati Kapital qurilish aloqa tarmoqlari va ijtimoiy obyektlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi.
“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining vakant lavozimlariga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risidagi nizomga asosan Kapital qurilish aloqa tarmoqlari va ijtimoiy obyektlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- faoliyat yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumotga hamda kapital qurilish sohasida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi.
Tillarni bilishi:
Rus, o‘zbek tillarini mukammal bilishi, ingliz tilini yaxshi bilishi.
Kompyuter bilimi:
AutoCAD2025, Qurqiymatasos yoki TNQ smeta dasturi, MS Office, EXSELL, CorelDRAW 2024, Photoshop CS6 x64, PowerPoint ishonch bilan foydalanish.
Xizmat vazifalari:
“O‘zbekgeofizika” AJ tasarrufidagi ishlab chiqarish obyektlarini joriy ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishga rahbarlik qiladi;
Uzoq, o‘rta va qisqa muddatli joriy, kapital qurilish rejalari loyihalarini ishlab chiqishni, barcha qurilish obyektlari uchun titul ro‘yxatlarini, qurilish materiallari va asbob-uskunalarga buyurtmanomalar tuzishni tashkil etadi;
Kapital qurilishlarni amalga oshirish va ularning samaradorligini oshirish uchun moliyaviy mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlaydi, jamiyatni texnik qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish uchun mablag‘larning ustuvor yo‘nalishini amalga oshiradi, ularni ishga tushirish obyektlariga jamlaydi va tugallanmagan qurilish hajmini kamaytiradi;
Qurilish sifatni yaxshilash, loyiha-qidiruv ishlari narxini pasaytirish, mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, qurilishning ilg‘or usullarini joriy etish, qurilish ishlarining rentabelligini oshirish, ularning muddatlarini qisqartirish, qurilish-montaj ishlari sifatini oshirish va narxini pasaytirish bo‘yicha ishlarni boshqaradi;
Ishlab chiqarish binolarini ta’mirlash va yangi binolarni qurilishida pudratchi tashkilotlarni aniqlashda ishtirok etadi;
Qurilish ishlarini bajarish uchun loyiha-smeta va boshqa texnik hujjatlarning o‘z vaqtida berilishini, qurilishning davomiyligi va ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni ishga tushirish muddatlarining belgilangan normalariga rioya etilishini, kapital qurilish bo‘yicha topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishini, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, texnik nazoratni, qurilish-montaj ishlarini bajarish muddatlari va sifatini, ularning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari, qurilish normalari va qoidalari, standartlari va texnik shartlari, xavfsizlik standartlari, sanoat sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish, mehnatni ilmiy tashkil etish talablari nazorat qiladi;
Ta’mirlash ishlarini yuritish va hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi.
Mehnat sharoitlari:
Ish vaqti: 08.00 dan 17.00 gacha. Doimiy ish.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ish haqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to‘lovlarni (mukofotlar).
Mehnat sharoitlari:
Ish vaqti: 08.00 dan 17.00 gacha. Doimiy ish.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ish haqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to‘lovlarni (mukofotlar).
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:
Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma’lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to‘g‘risida guvohnoma) “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining Kadrlar va ularni malakasini oshirish bo‘limida qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati 2026 yil 09-iyundan 22-iyun soat 16-00 ga qadar.
Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 71 264-84-88 telefon raqami orqali bog‘lanishi mumkin.
Arizangizni yuboring



