09.07.2026
“O‘zbekgeofizika” AJ bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot
E’LON
“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati Sanoat xavfsizligi, mehnat
muhofazasi va atrof muhit muhofazasi bo’limi boshlig’i lavozimiga
nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi.
“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining vakant lavozimlariga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risidagi nizomga asosan “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati Sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof muhit muhofazasi boʻlimi boshligʻi lavozimiga tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy texnik ma'lumot, muhandis-texnik va sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi sohalarida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
- maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega ekanligi yoki kelajakda mazkur ruxsatnoma rasmiylashtirilishiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy holatlarning mavjud emasligi;
Tillarni bilishi:
Rus, o‘zbek tillarini mukammal bilishi, ingiliz tilini yaxshi bilishi.
Kompyuter bilimi:
MS Office, EXCELL ishonch bilan foydalanish.
Xizmat vazifalari:
“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati Sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof muhit muhofazasi bo’yicha faoliyatiga rahbarlik qilish.
Jamiyatning SX, MM va E bo'yicha Siyosatini amalga oshirish va SX, MM va E uslubiy qo'llanmasining ishlashi bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi. ISO 9001, ISO 45001 (OHSAS 18001), ISO 14001 va ISO 50001 xalqaro standartlari talablariga muvofiq SX, MMQ va E uslubiy qo'llanmasining ishlashini nazorat qiladi va ta'minlaydi.
Jamiyatda SX, MMQ va E xizmati faoliyatini nazorat qiladi, xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitlarini yaratish bo'yicha ishlarni amalga oshiradi. Ushbu ishlar bevosita Jamiyat boshqaruvi Raisining qo'l ostida hamda Mehnatni muhofaza qilishni boshqaruvi tizimi asosida amalga oshiriladi.
Jamiyat va filiallarning SX, MMQ va E masalalarida ishini muvofiqlashtiradi hamda kasaba uyushmasi qo'mitasi, mehnat texnik inspektsiyasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasining mahalliy organlari, Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va ularni bartaraf etish bo'yicha O'zbekiston harbiylashtirilgan qismi (O'zHQ), yong'in xavfsizligi xizmati, O'zdavstandart va ISO 9001, ISO 45001 (OHSAS 18001), ISO 14001 va ISO 50001 xalqaro standarti auditorlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi.
Identifikatsiyalash, xavfni baholash protsedurasini joriy etadi va zarur boshqarish choralarini ishlab chiqadi.
SX, MMQ va E kabinetining faoliyatini, SX, MMQ va E masalalari bo'yicha targ'ibot va axborot ishlarini shu maqsadda ichki radio tarmog'i, stendlardan foydalangan holda nazorat qilish, filial bo'linmalarini SX, MMQ va E bo'yicha me'yoriy hujjatlar, plakatlar va boshqa ko'rgazmali qo'llanmalar bilan ta'minlanishi, shuningdek, ularga tegishli axborot stendlarini jihozlashda uslubiy yordam ko'rsatish
SX, MMQ va E bo'yicha amalga kiritilayotgan yangi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni boshqarmaning ijrochi apparati va jamiyat bo'linmalari xodimlariga yetkazadi, SX, MMQ va E bo'yicha hujjatlarni saqlashni, belgilangan shakllar va SX, MMQ va E bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan muddatlarga muvofiq hisobotlarni tayyorlashni tashkil qiladi.
SX, MMQ va E masalalari bo'yicha tibbiyot muassasalari, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar bilan aloqalarni amalga oshiradi va ularning tavsiyalarini joriy etish bo'yicha choralarni ko'radi.
Sanoat xavfsizligi, sog'liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi xizmatining nizomini va SX, MMQ va E bo'yicha kirish yo'riqnomasi dasturini ishlab chiqadi
Bo'limlarda mehnat sharoitlari, shuningdek xavfsizlik qoidalari va normalarining, xavfsiz boshqarish bo'yicha yo'riqnomalar buzilishining umumiy holatini, amalga oshirilayotgan tadbirlarning va qabul qilingan qarorlarning samaradorligini tahlil qiladi.
Rejaga muvofiq ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash.
Jamiyatda SX, MM va AMM bo’limi faoliyatini nazorat qiladi, xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitlarini yaratish bo'yicha ishlarni amalga oshiradi. Ushbu ishlar bevosita Jamiyat boshqaruvi Raisining qo'l ostida hamda Mehnatni muhofaza qilishni boshqaruvi tizimi asosida amalga oshiriladi.
Mehnat muhofazasi bo’yicha ishlarni bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish.
Jamiyatda SX, MM va AMM faoliyati bo’yicha rahbarlarga ma’lumot berib borish kamchilik va nosozliklardan o’z vaqtida ogohlantirish va bartaraf etish.
Sanitariya nazoratni amalga oshiruvchi boshqa organlarning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Tegishliligi bo’yicha xodimlarni yo’riqnomadan o’tkazish.
Identifikatsiyalash, xavfni baholash protsedurasini joriy etadi va zarur boshqarish choralarini ishlab chiqadi.
Avariyalar sodir bo'lishi sabablarini aniqlash, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash.
Sanoat xavfsizligiga erishishga qaratilgan dasturlar (tadbirlar, rejalar, jadvallar va boshqalar)ni ishlab chiqish.
“Ish beruvchi tomonidan mehnat sharoitlarini yaxshilash va kasbiy xavflarni kamaytirish bo'yicha har yili amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ro'yxati”ni ishlab chiqishda ishtirok etadi va uning bajarilishini nazorat qiladi.
SX, MMQ va E bo'yicha amalga kiritilayotgan yangi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni boshqarmaning ijrochi apparati va jamiyat bo'linmalari xodimlariga yetkazadi, SX, MMQ va E bo'yicha hujjatlarni saqlashni, belgilangan shakllar va SX, MMQ va E bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan muddatlarga muvofiq hisobotlarni tayyorlashni tashkil qiladi.
Sanoat xavfsizligi, sog'liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi xizmatining nizomini va SX, MMQ va E bo'yicha kirish yo'riqnomasi dasturini ishlab chiqadi.
Mehnat sharoitlari:
Ish vaqti: 08.00 dan 17.00 gacha. Doimiy ish.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ish haqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to‘lovlarni (mukofotlar).
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:
Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma’lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to‘g‘risida guvohnoma) “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining Kadrlar va ularni malakasini oshirish bo‘limida qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati 2026 yil 09-iyundan 22-iyun soat 16-00 ga qadar.
Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 71 264-84-88 telefon raqami orqali bog‘lanishi mumkin.
Arizangizni yuboring



