Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

09.07.2026

“O‘zbekgeofizika” AJ bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot

E’lon

"O'zbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyati Kadrlar va ularning malakasini oshirish boʻlimi boshligʻi lavozimiga nomzodlarni tanlash bo'yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi.

 

"Oʻzbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyatining vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o’tkazishda tanlov asosida saralab olish  tog’risidagi nizomga asosan Kadrlar va ularning malakasini oshirish bo’limi boshlig’i lavozimiga tanlovini e'lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

- oliy ma'lumotga ega bo‘lishi;

- xodimlar bilan ishlash bo’yicha 5 yildan kam bo’lmagan ish tajribasiga ega boʻlishi;

- maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega ekanligi yoki kelajakda mazkur ruxsatnoma rasmiylashtirilishiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy holatlarning mavjud emasligi;

Tillarni bilishi:

Oʻzbek tilini mukammal bilishi, rus, ingliz tillari ma'qullanadi.

Kompyuter bilimi:

MS Office- ishonch bilan foydalanish.

Xizmat vazifalari:

Boʻlimga bevosita rahbarlik qiladi, xodimlar ishini tashkil qiladi va bo’limga yuklangan vazifalarni bajarilishiga, ijro intizomining ahvoliga to’liq javob beradi;

Tasdiqlangan struktura va shtat jadvaliga muvofiq "Oʻzbekgeofizika" AJning tuzilmaviy bo’linmalari tomonidan tavsiya qilinayotgan lavozimlarga nomzodlar bo’yicha takliflar tayyorlash va ularni kiritishda qatnashadi;

"Oʻzbekgeofizika" AJning tuzilmaviy bo’linmalari bilan birgalikda xodimlarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi;

"Oʻzbekgeofizika" AJ raisiga, lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, Bo’lim xodimlarini mukofotlash va ularga intizomiy jazo tayinlash to’g’risidagi takliflarni taqdim qiladi;

"Oʻzbekgeofizika" AJga kiritilgan, Bo’limga tegishli yo’nalishdagi masalalar bo’yicha hujjatlar loyihalarini ko’rib chiqilishini tashkil qiladi;

"Oʻzbekgeofizika" AJ rahbarlarining Bo’limga tegishli yo’nalishdagi masalalar bo’yicha yig’ilishlarda qatnashadi;

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim kasb-hunar oʻquv muassasalari bilan mutaxassislar tayyorlash uchun shartnomalar tuzish ishlarini tashkil qiladi. Oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar oʻquv muassasalari bitiruvchilarining taqsimlash, kollej bitiruvchilari uchun yoʻnalishlarni tayyorlash va ularni ishga joylashtirishda qatnashadi;

Sohaning mas’ul xodimlarini va "Oʻzbekgeofizika" AJ apparati xizmatchilarini belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil qiladi;

"Oʻzbekgeofizika" AJ tarkibidagi filial va boʻlimlarning kadrlarga doir ishiga uslubiy rahbarliq qilishni amalga oshiradi;

Mutaxassislarni tayyorlash uchun korxonalarning oliy va oʻrta maxsus kasbiy oʻquv muassasalari bilan shartnomalar tuzilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

Xodimlarning kadrlar bilan ishlashga tegishli takliflari, arizalari
va shikoyatlarini ko’rib chiqish.

Mehnat sharoitlari:

Ish vaqti: 5/2, soat 8:00 dan 17:00 gacha. Doimiy ish.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Ish haqqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to'lovlarni (mukofotlar).

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:

Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma'lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to'g'risida guvohnoma) “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining Kadrlar va ularni malakasini oshirish bo‘limida qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2026 yil 17-iyun soat 16-00 ga qadar.

Tanlov bo'yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 71 264-84-88 telefon raqami orqali bog'lanishlari mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech