21.07.2026
“O‘zbekgeofizika” AJ bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot
E’LON
“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati Markaziy hisobxona Bosh hisobchisi lavozimiga
nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi.
“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining vakant lavozimlariga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risidagi nizomga asosan “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati Markaziy hisobxona Bosh hisobchisi lavozimiga tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy (iqtisodiy, moliyaviy-iqtisodiy) ma'lumotga va moliyaviy-buxgalterlik (moliyaviy-iqtisodiy) ishda rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
- maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega ekanligi yoki kelajakda mazkur ruxsatnoma rasmiylashtirilishiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy holatlarning mavjud emasligi;
Tillarni bilishi:
Rus, o‘zbek tillarini mukammal bilishi, ingiliz tilini yaxshi bilishi.
Kompyuter bilimi:
MS Office, EXCELL ishonch bilan foydalanish.
Xizmat vazifalari:
Jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobini tashkil qiladi hamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejab foydalanish, Jamiyat mulkini saqlash ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Jamiyat tuzilmasi va faoliyatining xususiyatlari, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlashning zarurligidan kelib chiqib, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisob siyosatini shakllantiradi.
Quyidagi ishlarga boshchilik qiladi:
Ish hisobvaraqlari rejasini, ichki buxgalteriya hisoboti hujjatlarining namunaviy shakllari nazarda tutilmaganda xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladigan boshlang‘ich hisob hujjatlari shakllarini tayyorlash va qabul qilish.
Inventarizatsiya qilish tartibini ta’minlash.
Xo‘jalik operatsiyalarini o‘tkazish, buxgalterlik axborotini qayta ishlash va hujjatlar aylanishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.
Quyidagilarni ta’minlaydi:
Jamiyatda va uning bo‘linmalarida hisob-hisoblash ishlarini maksimal darajada markazlashtirish hamda zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalari, hisob va nazoratning progressiv shakllari va usullarini qo‘llash asosida buxgalteriya hisobi va hisobotini ratsional tashkil etish.
Jamiyat faoliyati va uning mulkiy ahvoli, daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida to‘liq hamda ishonchli buxgalteriya axborotini shakllantirish va o‘z vaqtida taqdim etish.
Moliyaviy intizomni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amal oshirish.
Quyidagilarni tashkil etadi:
Mol-mulk, majburiyatlar va xo‘jalik operatsiyalari, kelib tushadigan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobga olish.
Ularning harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirish.
Ishlab chiqarish va muomalada bo‘lish xarajatlarini, xarajatlar smetasi bajarilishini, mahsulotlar realizatsiya qilinishi, ishlar (xizmat)lar bajarilishini, Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini hisobga olish.
Moliyaviy, hisob-kitob va kredit operatsiyalarini hisobga olish.
Mehnat sharoitlari:
Ish vaqti: 08.00 dan 17.00 gacha. Doimiy ish.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ish haqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to‘lovlarni (mukofotlar).
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:
Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma’lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to‘g‘risida guvohnoma) “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb sayti hamda kadrlar va ularning malakasini oshirish bo‘limida qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati 2026 yil 20-iyuldan 3-avgust soat 16-00 ga qadar.
Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 71 264-84-88 telefon raqami orqali bog‘lanishi mumkin.
Arizangizni yuboring



