Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi”da xalqaro standartlarga muvofiq tashqi audit o‘tkazildi

14.11.2025
29

Joriyning 12–13-noyabr kunlari “Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi” filiali faoliyatini ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari asosida sertifikatlashtirish maqsadida “CERT International” xalqaro kompaniyasi tomonidan tashqi audit muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Audit yakunlari bo‘yicha filial rahbariyati va mas’ul xodimlariga korruptsion xavflarni boshqarish hamda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, filialning 22 nafar xodimi ISO 37001:2025 xalqaro standarti bo‘yicha maxsus o‘qituv kursini muvaffaqiyatli yakunlab, “CERT International” auditorlik kompaniyasi tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Tadbir doirasida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazilib, unda Jamiyatning:
“Korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati”,
“Axloq kodeksi”,
“Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati”,
“Qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish tarтиби”,
hamda boshqa ichki normativ hujjatlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech