Rahbar va yoshlar uchrashuvi!

2025-yil 17-iyun kuni “O‘zbekgeofizika” AJda Rahbar va yoshlar uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda turli bo‘lim va filiallarda ishlayotgan yosh mutaxassislar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar, tashabbus va takliflarini bevosita Jamiyat Boshqaruvi raisiga bildirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Suhbat davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb takliflar ilgari surildi:
malaka oshirish va professional rivojlanish dasturlarini kengaytirish;
sport, intellektual hamda sohaga oid musobaqalarni yanada ko‘paytirish;
yoshlarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
geologiya va geofizika jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish;
va boshqa ijobiy tashabbuslarni amalga oshirish.
Ilgari surilgan barcha taklif va savollar joyida muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul rahbarlarga topshiriqlar yuklatildi.
Ushbu uchrashuv “O‘zbekgeofizika” AJda yoshlarga bildirilayotgan yuksak ishonch va e’tiborning amaliy ifodasi bo‘lib, ularni yangi yutuqlarga chorlaydi, kasbiy rivojlanishda kuchli motivatsiya beradi.