Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ 2024-yil uchun tayyorlangan ilk Barqaror rivojlanish hisoboti

01.07.2025
269

“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tayyorlangan 2024-yil uchun Barqaror rivojlanish bo‘yicha ilk hisobot keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilmoqda. Ushbu hujjat jamiyatning ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) sohalarida olib borgan faoliyatini xalqaro standartlar asosida aks ettiradi.
Hisobot Global Reporting Initiative (GRI) xalqaro standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Jamiyatning oshkoralik, javobgarlik va barqarorlikka sodiqligini ifodalaydi.
Hisobot tayyorlanishida asosiy normativ-huquqiy tayanch hujjatlardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2024 yildagi PF-37-sonli Farmoning 23-bandi bo‘lib, unda davlat ishtirokidagi korxonalarda barqaror rivojlanish va ESG tamoyillarini joriy etish talabi belgilangan.
Mazkur vazifani amalda samarali bajarish maqsadida, “O‘zbekgeofizika” AJ “katta to‘rtlik”ka kiruvchi “KPMG Audit” MCHJ bilan hamkorlikda quyidagi ishlarni amalga oshirdi:
• Jamiyatning ESG sohasidagi hozirgi holatini baholovchi diagnostikasi o‘tkazildi;
• ESG strategiyasi va yo‘l xaritasi ishlab chiqildi;
• Hisobot tayyorlash jarayonida xalqaro yondashuvlar integratsiya qilindi.
2024-yilda Aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatining barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bilan uyg‘unlik darajasini tahlil qilgan holda, o‘zining strategik yo‘nalishlariga mos ravishda quyidagi besh ustuvor maqsadni belgiladi:
• BRM 3 – Sog‘liqni saqlash va farovonlik;
• BRM 5 – Gender tengligi;
• BRM 7 – Arzon va toza energiya;
• BRM 8 – Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish;
• BRM 10 – Tengsizlikni qisqartirish.
Atrof-muhit muhofazasi doirasida chiqindilarni kamaytirish, ekologik xatarlarni baholash va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha Aksiyadorlik jamiyatida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2024-yilda chiqindilarni qayta ishlash ko‘rsatkichi 18% ga oshirildi.
Jamiyat ichki siyosatda gender tengligini mustahkamlashga doimiy e’tibor qaratmoqda. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, ayollar ulushi 26% ga yetdi, Geologiya-qidiruv ishlarining o‘ziga xos xususiyati erkaklar mehnati bilan bog‘liqligini hisobga olganda, bu yaxshi natijadir.
Hisobotda ESG va ijtimoiy mas’uliyat (CSR) bo‘yicha faoliyat S&P Global Ratings va MSCI ESG Rating mezonlariga muvofiqlik nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Jamiyat ESG reytingini olish maqsadida bir qator chora tadbirlar belgilandi hamda zaif tomonlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech