Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

O’zbekiston Respublikasida yangi uglevodorod konlari

29.09.2025
21

Ustyurt mintaqasida «O‘zbekgeofizika» AJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan geologik-qidiruv ishlari natijasida yangi gazkondensat koni – Muynoq aniqlandi. Ishlar Uglevodorod xomashyosi mineral-xomashyo bazasini qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida amalga oshirildi.

Muynoq strukturasi chuqur burg‘ilashga tayyorlanishi «Qоraqalpoq s/p №3D» loyihasi asosida bajarilgan zamonaviy 3D seysmik tadqiqotlari orqali mumkin bo‘ldi. Suratga olish ishlari Inova G3i uskunasi yordamida bajarildi, ma’lumotlarni qayta ishlash va talqin qilish jarayoni esa "Paradigm" apparat-dasturiy majmuasida olib borildi.

 «O‘zbekgeofizika» AJ mutaxassislari tomonidan tuzilgan geologik pasportga ko‘ra, istiqbolli obyektning maydoni 7,6 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Kollectorlarning yotish chuqurligi 4700 metrdan 5280 metrgacha bo‘lib, asosiy zaxiralar uglevodorodlarni izlashda yuqori istiqbolli hisoblangan quyi yura davri yotqiziqlariga to‘g‘ri keladi.

Birinchi quduqdan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olgach, «O‘zbekgeofizika» AJ mutaxassislari "Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti" DM mutaxassislari bilan birgalikda keyingi qidiruv quduqlari joylashuviga ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqdi.

Muynoq konining ochilishi muvaffaqiyatli geologik-qidiruv loyihalari seriyasining bir qismi bo‘ldi. Faqatgina 2025 yilning o‘zida, «O‘zbekgeofizika» AJ olib borgan tadqiqotlar natijasida Buxoro-Xiva mintaqasida yana uchta gazkondensat koni – Yangi Chuqurkul (Qoradaryo s/p №2D loyihasi), Chulnuri (Hazarbog' s/p №2D loyihasi) va Zafarobod (Zafarobod s/p №2D loyihasi) aniqlandi.

Ushbu kashfiyotlar mamlakatning mineral-xomashyo bazasini sezilarli darajada mustahkamlaydi va uglevodorod qazib chiqarishni yanada oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Bu yutuqlar O‘zbekiston Respublikasi Konchilik sanoati va geologiya vazirligi tarkibida faoliyat yuritayotgan «O‘zbekgeofizika» AJning tizimli va professional mehnati samarasi bo‘ldi.

Ayni paytda “O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan 8000 metrgacha bo‘lgan chuqurlikdagi istiqbolli obyektlarni aniqlash maqsadida geologiya-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech