Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ ishchi-xodimlarini qayta tayyorlash va boshqa kasbga yo‘naltirishni qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

10.10.2025
81

Maqsad – zamonaviy texnologiyalar va usullarning joriy etilishi, geofizika ishlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi jarayonida dolzarbligini yo‘qotgan lavozimlardagi ishchi-xodimlarni mehnat bozoriga moslashtirish hamda yangi kasb egallashga ko‘maklashish imkoniyatlarini yaratishdir.

Endilikda ishchi-xodimlar o‘zlari istagan yo‘nalish bo‘yicha yangi kasb egallash uchun jamiyat mablag‘lari hisobidan o‘qishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun ariza bilan murojaat qilib, tanlagan kasb yo‘nalishini ko‘rsatish kifoya qiladi. Nizomda ushbu jarayonni amalga oshirish tartibi belgilab berilgan.

Ushbu tashabbus ishchi-xodimlarni qayta tayyorlash, yangi kasblarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratish orqali ularni qo‘shimcha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech