Toʻrtkoʻl loyihasi doirasida yillik reja bajarildi.
Joriy yil Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish natijasida, “Oʻzbekgeofizika” AJ “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filialining 06/24–27-sonli Toʻrtkoʻl loyihasi dala partiyasi tomonidan 600 pog km hajmda 2D seysmik qidiruv ishlari toʻliq bajarildi.
Loyiha doirasida Buxoro tektonik pogʻonasining Meshekli koʻtarilmasi va uning Xiva botiqligi bilan tutashgan qismlari Beshariq, Afshona, Sardoba, Gurlan va Nurliyoʻl maydonlarida yura va yuradan oldingi qatlamlarda neftgazga istiqbolli tuzilmalarni aniqlash va chuqur burgʻilashga tayyorlash maqsadida UCHN–2D usulida batafsil seysmik izlov ishlari olib borildi.
Tadqiqotlar “Progress-T3” telemetrik kompleksi va AHV-IV ogʻir seysmik vibratorlar qoʻllagan holda bajarildi.
Toʻrtkoʻl loyihasi dala partiyasi jamoasi geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirgan holatda yillik ish rejani jamiyat doirasida birinchi boʻlib yakunladi.



