Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“Oʻzbekgeofizika” AJda geotermal energiyadan foydalanish boʻyicha yangi loyiha yoʻlga qoʻyildi

17.10.2025
44

"Oʻzbekgeofizika" AJda yangi yoʻnalish boʻlgan chuqur quduqlardagi yer osti suvlarining geotermal energiyasidan foydalanish boʻyicha pilot loyihaning texnik iqtisodiy asoslarini tayyorlash boshlangan.

2025-yil 15-oktyabr kuni «Fargʻona geofizika ekspeditsiyasi« filialida respublikamizda salohiyati yuqori boʻlgan mazkur yoʻnalishda mavjud imkoniyatlar va bajariladigan ishlar yuzasidan joylarga chiqqan holda muhokama oʻtkazildi.

Muhokamada "Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi", "Energiya samaradorlik milliy agentligi", Vengriyaning “Geomax” kompaniyasi, "Teploenergoproyekt" AJ, "Oʻzbekgidrogeologiya" DM, "Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM hamda Qoʻqon shahri hokimligi masʼullari ishtirok etdi.

Muhokamada yaqin kelajakda va uzoq istiqbolda bajariladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech