“O‘zbekgeofizika” AJ neft va gaz mineral-xomashyo rivojlantirish va qayta ishlash 2025-yil Davlat dasturidagi dala geofizika ishlarini muvaffaqiyatli yakunladi!
Umumiy hajmi 6500 pog. km 2D va 1700 kv. km 3D sеysmik qidiruv ishlari belgilangan muddatlarda yaxshi sifat bilan bajarildi.
Ishlarda AQSH ning Inova G3i, Fransiyaning Sercel, Rossiyaning “Progress-T3” zamonaviy telemetrik seysmik majmualari qoʻllanilib, olingan geofizik maʼlumotlar Niderlandiyaning Paradigm apparat-dasturiy majmuasida qayta ishlandi.
Olib borilgan dala ishlari natijasida chuqur burgʻilashga tayyorlangan strukturalardan joriy yilda Moynoq, Orolbay, Zafarobod, Yangi Chuqurkoʻl va Choʻlnuri kabi 5 ta yangi gaz konlari ochildi.
Bu yutuqlar mamlakatimiz sanoatini barqaror rivojlantirish, energetika salohiyatini mustahkamlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.



