Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJda Korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan ochiq eshiklar kuni va seminar o‘tkazildi

04.12.2025
204

Joriy yil 2 dekabr kuni “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatida “9 dekabr – Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan mas’ul xodimlar ishtirokida ochiq eshiklar kuni va mazkur yo‘nalishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida xodimlarga batafsil ma’lumot berish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, tizimda korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirishdan iboratdir.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan islohotlar hamda vazirlik va tizim korxonalarida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar yuzasidan vazirlikning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh. Sagdullaev tomonidan taqdimot asosida ma’ruza qilindi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech