MASTER-KLASS | TAJRIBA VA STRATEGIYA UCHRASHUVI
2025-yil 16-dekabr kuni “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari A. Azimboev Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura bosqichi talabalari uchun "“O‘zbekgeofizika” AJning strategiya va operatsion boshqaruvi" mavzusida master-klass dars mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Dars davomida talabalar Jamiyatning:
rivojlanish strategiyasi,
kadrlar siyosati va transformatsiya jarayonlari,
raqamlashtirish yo‘nalishlari,
strategiyani amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha va amaliy javoblar berildi.
Bunday uchrashuvlar yosh mutaxassislarning strategik fikrlashini rivojlantirish va real sektor tajribasini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.



