Ustyurtda yangi gaz oqimi aniqlandi
Ustyurt hududida olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida “Moʻynoq” koni yaqinida joylashgan Shagirlik (quyi yura) 2-sonli izlov qudugʻida sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi olindi.
2026-yil 10-yanvar kuni quduq quyi yura qatlamlarida 5265 metr chuqurlikkacha burg‘ilandi. 5265–5061 metr chuqurlik oralig‘ida tabiiy gaz uyumlari aniqlandi.
11-yanvar kuni “Oʻzbekneftgaz” AJ raisining oʻrinbosarlari R. Sherov, N. Muxutdinov, geologiya-qidiruv departamenti boshligʻi Z. Safarov, “Eriell” OSME DMCC bosh geologi J. Puxarbayev, “Oʻzbekgeofizika” AJ “UGE” filiali direktori va geologiya boʻyicha oʻrinbosari G. Ulpetov, N. Saburov, shuningdek “Ustyurtgaz” GQCHB bosh geologi B. Qdirov ishtirokida tezkor muhokama oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida quyi yura qatlamlarining geologik tuzilishini chuqur oʻrganish hamda aniqlangan gaz uyumlarining tarqalish chegaralarini belgilash maqsadida ushbu maydonda 3 va 4-sonli izlov-qidiruv quduqlarini joylashtirish masalalari koʻrib chiqilib, muvofiq joylar tanlandi.
Shu bilan birga, “Oʻzbekneftgaz” AJning rejadagi geologiya va geofizika ishlari boʻyicha istiqbolli rejalar ham muhokama qilindi.
Ustyurtdagi ushbu natijalar mamlakat gaz zaxiralarini kengaytirish yoʻlidagi navbatdagi muhim qadamdir



