Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

SLB ekspertlari “O‘zbekgeofizika” AJ xodimlarining kompetensiyalarini baholadi

13.01.2026
279

“O‘zbekgeofizika” AJ va SLB (Schlumberger) kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Jamiyat xodimlarining kompetensiyalarini baholash bosqichi amalga oshirildi. Tadbir SLB kompaniyasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Baholash jarayonida SLB’ning NExT (Network of Excellence in Training) malaka oshirish tizimi doirasida Yevropa va Osiyo bo‘yicha biznes-menejeri B. Medvedev hamda loyiha boshqaruvchisi M. Makarova ishtirok etdi.

Mazkur bosqich dala seysmik ma’lumotlarini qayta ishlash va talqin qilish jarayonlarini jahon standartlariga moslashtirish, shuningdek, zamonaviy geofizik va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali mutaxassislar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Unda “O‘zbekgeofizika” AJning ishlov berish va talqin qilish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan 15 nafar mutaxassisning bilim va ko‘nikmalari test sinovlari hamda suhbatlar orqali baholanib, keyingi bosqichda har bir xodim uchun kompetensiyasiga mos individual o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech