“Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi”
Joriy yilning 16-yanvar kuni “O‘zbekgeofizika” AJ markaziy apparati hamda filiallarning dala partiyalari rahbarlari va xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, Jamiyatda mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklar, jumladan, odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida ma’lumot berish tartiblari muhokama qilindi.
Aloqa kanallari orqali kelib tushadigan xabarlarni ko‘rib chiqish mexanizmlari hamda xabar berganlik uchun rag‘batlantirish tartiblariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar davomida sodir etilgan korrupsiyaviy harakatlar uchun intizomiy va jinoiy javobgarlik tamoyillari batafsil tushuntirildi. Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy ongini oshirish va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.



