Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

SLB bilan hamkorlik: individual o‘quv dasturlari taqdim etildi

23.02.2026
26

“O‘zbekgeofizika” AJ va SLB hamkorligidagi dastur doirasida xodimlar uchun ishlab chiqilgan individual o‘quv rejalari taqdim etildi. Mazkur bosqich ilgari o‘tkazilgan kompetensiyalar tahlili natijalariga asoslanadi.

Har bir mutaxassis uchun o‘quv dasturi uning kasbiy darajasi, amaliy tajribasi va rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantirildi. Dasturlar SLB’ning NExT (Network of Excellence in Training) tizimi asosida tayyorlangan bo‘lib, ma’lumotlarni qayta ishlash va talqin qilish yo‘nalishidagi zamonaviy yondashuvlarni qamrab oladi.

Taqdimot SLB’ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda kompaniyaning Yevropa va Osiyo bo‘yicha biznes-menejeri B. Medvedev, loyiha boshqaruvchisi M. Makarova hamda menejer I. Tulenov ishtirok etdi.

Ushbu bosqich doirasida mutaxassislarning malakasini tizimli ravishda rivojlantirish, dala seysmik ma’lumotlarini qayta ishlash va talqin qilish jarayonlarida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini kengaytirish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech