Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“Yoshlar kuni” doirasida “O‘zbekgeofizika” AJda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

26.02.2026
29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirliklar, idoralar va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilandi.

Mazkur tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida "O‘zbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyatida har payshanba kuni rahbariyat va yosh xodimlar uchrashuvlarini navbatma-navbat partiyalar hamda filiallarda o‘tkazish tartibi joriy etildi.

26-fevral kuni Jamiyatning Ishlab chiqarish geologik uslubiy partiyasi xodimlari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda yosh mutaxassislarning malakasini oshirish, geologik ma’lumotlarni qayta ishlash va talqin qilish yo‘nalishida xalqaro standartlar talablari asosida yetuk kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarni malakali mutaxassis va yetakchi geologlar bilan muntazam muloqotga jalb etish, O‘zbekiston va jahon bozorlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar hamda soha ekspertlarini amaliy ish jarayonlariga jalb qilish orqali amaliy va nazariy bilimlarni mustahkamlash yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech