“O‘zbekgeofizika” AJda Kasaba uyushmasining 2025 yil yakunlariga bag‘ishlangan Jamoa shartnomasini bajarilishiga oid mehnat jamoasi konferensiya bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27 fevral kuni "O‘zbekgeofizika" AJda Kasaba uyushma qo'mitasining 2025 yil yakunlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda kasaba uyushmasi rahbariyati, taftish komissiyasi a’zolari, delegatlar hamda jamiyat ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar va Jamoa shartnomasida belgilangan majburiyatlarning bajarilish darajasi muhokama qilindi. Ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish, xodimlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida olib borilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Delegatlar tomonidan Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topildi. Shuningdek, kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar belgilab olinib, Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning izchil ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Konferensiya ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.



