Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Har payshanba – “Yoshlar kuni”: "O‘zbekgeofizika" AJda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

05.03.2026
26

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan. Ushbu tashabbus doirasida "O‘zbekgeofizika" AJda navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Jamiyat Boshqaruvi raisi R. Yusupjonov zaxiralarni hisoblash partiyasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Unda amalga oshirilayotgan islohotlar, mehnat unumdorligini oshirish, malaka va kasbiy rivojlanish masalalari muhokama qilindi.

Yoshlar tomonidan ta’minot dasturlarini takomillashtirish, dala ishlarini samarali tashkil etish, "O‘zbekneftgaz" AJ bilan malaka almashish, seysmik va GIS ma’lumotlarini integratsiya qilish hamda soha ekspertlarini jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bunday uchrashuvlar yosh mutaxassislarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash va ularning professional salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech