Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJda amaliy seminar o‘tkazildi

24.04.2026
8

28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan 23-aprel kuni “O‘zbekgeofizika” AJda “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy muhitni ta’minlaylik” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda jamiyat rahbariyati va xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘. Rashidov, mehnat huquq inspektori M. Mirzayev, mehnat texnik inspektori Sh. Xazratkulov hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassis S. Erbo‘tayev ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori, mehnat qonunchiligidagi yangiliklar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va ularning oldini olish choralari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, “O‘zbekgeofizika” AJda so‘nggi besh yil davomida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar qayd etilmaganligi alohida ta’kidlandi.

Seminar doirasida mehnatni muhofaza qilish, ekologiya va sanoat xavfsizligi yo‘nalishlarida ijobiy natijalarga erishgan soha mutaxassislari taqdirlandi.

Yakunda mehnatni muhofaza qilish samaradorligini oshirish, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech