“O‘zbekgeofizika” AJda zamonaviy geofizik majmua ishga tushirildi
“Oʻzbekneftgaz” AJ Bosh geologi N.U. Muxutdinov boshchiligida ishchi guruh hamda “Oʻzbekgeofizika” AJ rahbariyati jamiyatning “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filialiga tashrifi doirasida 3D seysmik qidiruv “Qorovulbozor” loyihasi uchun moʻljallangan AQSHning INOVA kompaniyasining G3i Next zamonaviy seysmik qidiruv kompleksi ishga tushirildi.
INOVA G3i Next seysmik kompleksining yuqori texnologik imkoniyatlari dala sharoitida koʻp karrali va yuqori aniqlikdagi maʼlumotlarni olish imkonini beradi. Majmuani ishga tushirish jarayonida ishlab chiqaruvchi kompaniyadan jalb etilgan mutaxassislar ham ishtirok etdi.
Dala ishlarini samarali tashkillashtirish uchun barcha texnik va texnologik shart sharoitlar yaratilgan holda, loyihada belgilangan ishlab chiqarish uslubiyoti asosida dala ishlari boshlab yuborildi.
Tashrif yakunida dala ishlarini jadallashtirish, 2026-yilga moʻljallangan ish hajmlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish, shuningdek yangi istiqbolli geologik strukturalarni aniqlash ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.



