Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quv kursi tashkil etildi

07.07.2026
19

“O‘zbekgeofizika” AJda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy ongi va bilimini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv tadbiri o‘tkazildi.

“CERT International” xalqaro auditorlik kompaniyasi jalb qilingan holda, ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablari asosida maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.

Unda Jamiyatning korrupsiyaviy xavf-xatarlarga ko‘proq duch kelishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi 22 nafar xodimi ishtirok etdi.

O‘quv davomida ishtirokchilarga korrupsiya xavflarini aniqlash, ularning oldini olish, komplayens tizimini samarali yuritish hamda xalqaro standartlar asosida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.

“O‘zbekgeofizika” AJda ochiqlik, qonuniylik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech