Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

ISHLAB CHIQARISH KO‘RSATKICHLARI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI

25.07.2026
26

“O‘zbekgeofizika” AJ rahbariyati hamda tizimdagi dala ekspeditsiyalari ishtirokida ishlab chiqarish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2026 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, iyul oyida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati hamda ikkinchi yarim yillik uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlash maqsadida jamiyat hamda uning dala ekspeditsiyalarida ishlar 24/7 rejimida tashkil etilgani ta’kidlandi.

Videoselektor yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tkazilib, ishlab chiqarish sur’atlarini oshirish, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, mehnat va ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ish faoliyatida yo‘l qo‘yilgan jiddiy xato va kamchiliklar sababli ikki nafar direktor o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Belgilangan vazifalar ijrosini lozim darajada ta’minlamagan bir nafar ekspeditsiya direktori hamda bir nafar direktor o‘rinbosariga “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanildi.

Yig‘ilish yakunida ikkinchi yarim yillik uchun belgilangan reja ko‘rsatkichlarini so‘zsiz bajarish, ishlarning sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, har bir topshiriq ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish vazifalari belgilab olindi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech