Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJda 2026-yil I yarim yillik yakunlari va II yarim yillik vazifalari tanqidiy muhokama qilindi

30.07.2026
27


“O‘zbekgeofizika” AJning 2026-yil I yarim yillikdagi faoliyati yakunlari hamda II yarim yillikda bajariladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tanqidiy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” AJ Bosh geologi va mutaxassislari, “Neftgaz Injiniring” rahbarlari va mutaxassislari, “O‘zbekgeofizika” AJ hamda ekspeditsiyalar rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida yil boshida belgilangan rejalarning bajarilish holati, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar batafsil tahlil qilindi. Mas’ullarga tegishli kamchiliklar va qoloqliklarni bartaraf etish, ish unumdorligi hamda natijadorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, “O‘zbekgeofizika” AJni isloh qilish chora-tadbirlari doirasida zamonaviy 3D seysmik qidiruv uskunalari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy, ixcham, tejamkor maxsus texnikalar, kon-geofizika yo‘nalishidagi uskunalar hamda maxsus texnikalarni olib kelish va ishga tushirish, jamiyatni modernizatsiya qilish va raqamlashtirish, ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda yakuniy natijalarga mos ravishda rag‘batlantirish choralari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha mas’ul rahbarlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va so‘zsiz bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech