Ishchi guruhning to‘rtinchi kuni “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” hamda **“Amirobod kon geofizika ekspeditsiyasi”**da o‘rganish ishlari olib borildi.
Ish safari davomida ekspeditsiyalarning faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, asbob-uskunalarning texnik holati va yaroqliligi, mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilishi, hududlarning obodonlashtirilganligi, avtotransport vositalarining texnik sozligi, xodimlar uchun yaratilgan mehnat va maishiy sharoitlar, shuningdek, bino va inshootlarning holati hamda ta’mirtalabligi atroflicha o‘rganildi.
Aniqlangan kamchilik va muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq muddatlar belgilangan holda tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, har ikki ekspeditsiyada sayyor qabullar tashkil etilib, xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvlar davomida xodimlarning murojaatlari, fikr va takliflari tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Bundan tashqari, “Amirobod KGE” filiali Koson kon geofizika partiyasida ishlarning borishi, asbob-uskunalarning texnik holati va yaroqliligi, shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan mehnat va maishiy sharoitlar o‘rganildi. O‘rganish davomida mavjud holat atroflicha ko‘zdan kechirilib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.



