Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

5 TA ISTIQBOLLI STRUKTURADA YANGI UGLEVODOROD KONLARI OCHILDI

04.09.2026
7

“O‘zbekgeofizika” AJ mutaxassislari tomonidan geologik-geofizik tadqiqotlar asosida tayyorlangan hamda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilgan burg‘ilash ishlari natijasida 5 ta istiqbolli strukturada yangi uglevodorod konlari ochildi.
Bular:
- Buxoro–Xiva neft-gaz hududida — Telegri, Gulshanbog‘ va Kaprin,
- Ustyurt neft-gaz hududida esa — Qiziljar va Shagirlik (q.yu.) uglevodorod konlari aniqlandi.

Joriy yil avgust oyida Gulshanbog‘ va Kaprin konlarining ochilishi yil davomida olib borilayotgan geologik-qidiruv va geofizik tadqiqotlarning izchil hamda yuqori samaradorlik bilan davom etayotganini yana bir bor namoyon etdi.

“O‘zbekgeofizika” AJ jamoasi mamlakatimizning neft va gazga istiqbolli hududlarini chuqur o‘rganish, yangi uglevodorod zaxiralarini aniqlash va mineral-xomashyo bazasini yanada mustahkamlash yo‘lidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech