Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

ILMIY-TEXNIK KENGASHNING KENGAYTIRILGAN QO‘SHMA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

24.09.2026
27

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ hamkorligida Ilmiy-texnik kengashning kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ mas’ul xodimlari, “O‘zbekgeofizika” AJ va uning filiallari bosh geologlari, neft-gaz qidiruv ekspeditsiyalari mutaxassislari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida “O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan 2026-yilning dastlabki 8 oyi mobaynida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari, dala va kon geofizikasi, seysmik ma’lumotlarga ishlov berish hamda laboratoriya tadqiqotlari natijalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonning neft va gazga istiqbolli hududlarida uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirish, yangi qidiruv quduqlarini joylashtirish uchun istiqbolli maydonlarni aniqlash, yangi geologik strukturalarni tayyorlash, quduqlarni burg‘ilash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish hamda geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida yil oxirigacha bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar va 2027-yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

Mazkur yig‘ilish geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirish, ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish va mamlakatning uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirishga qaratilgan vazifalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech