Ustyurtda geologiya-qidiruv va burg‘ilash ishlari muhokama qilindi
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi A.Sanginov boshchilidagi ishchi guruh, “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi hamda Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi mutaxassislari ishtirokida Ustyurt hududidagi geologiya-qidiruv, burg‘ilash va ishlab chiqarish obyektlarida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Jarayonda yangi moddiy-texnik baza, burg‘ilash infratuzilmasi, quduqlardagi ishlar, yo‘l qurilishi hamda konlarni o‘zlashtirishning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.
Alohida ta’kidlash joizki, Qiziljar va Qoratau konlarining ochilishida “O‘zbekgeofizika” AJ mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan seysmik qidiruv ishlari hamda ular asosida tayyorlangan geologik-geofizik ma’lumotlar muhim asos bo‘lib xizmat qildi.
Qoratau maydonidagi yangi gazkondensat koni va istiqbolli izlov quduqlarida bajarilgan ishlar, sinov natijalari hamda navbatdagi vazifalar tahlil qilinib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur ishlar Ustyurt hududida yangi uglevodorod zaxiralarini aniqlash va resurs bazasini yanada kengaytirishga xizmat qilad



