“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat-kengashi”

“O’zbekgeofizika” AJ da bo’lib o’tgan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat-kengashi” yig’ilishida Jamiyat raisi buyrug’i bilan maslahat kengashi raisi etib J.U. Ziyadullayev belgilandi. Shu munosabat bilan Maslahat kengashi raisi Jamiyat tizimidagi filiallar bilan Gender tenglik masalalari bo’yicha davra suhbati tashkil etdi.
Tadbir davomida Gender tenglikka oid Davlatimizda olib borilayotgan islohotlar, imkoniyatlar va xalqaro forumlar haqida ma’lumot berildi. Tadbir yakunida xodimlarning takliflari eshitildi va yillik ish rejaga qo’shimchalar kiritildi.