Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ustyurt regionida kon geofizika ishlari oʼrganildi

06.06.2023
522

Davlat dasturida belgilangan vazifalarni oʼz vaqtida va samarali bajarish, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va ishonchliligini oshirish, shuningdek dala sharoitida ishchi xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlarini oʼrganish maqsadida Togʼ-kon sanoati va geologiya vaziri maslahatchisi N. Muxutdinov va «Oʼzbekgeofizika» АJ boshqaruv raisi R.Yusupjonov Qoraqalpogʼiston Respublikasiga ishchi safariga bordilar.

Xizmat safari davomida Ustyurt regionida dala seysmik qidiruv va kon geofizika ishlarining borishi koʼrib chiqildi. Mineral-xom ashyo bazasini koʼpaytirish maqsadida uglevodorod resurlarini oʼstirishga oid materiallar oʼrganildi va masʼul ijrochilarga tegishli koʼrsatmalar berildi.

2023 yilda Ustyurt regionida jami 6 ta loyiha asosida seysmik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilning yanvar-may oylarida hududda 3D seysmik qidiruv ishlari 955 kv km, 2D seysmik qidiruv ishlari 1170 pog km hajmda rejaga nisbatan 100% ga bajarilgan.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech