Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

13.08.2026

E’lon

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruvi usullarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4720-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-son farmoni “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati Moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha Boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga nomzodlar tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

- oliy (iqtisodiy, moliyaviy-iqtisodiy, menedjment) ma’lumotga ega bo‘lishi;

- neft va gaz tarmog‘ida mutaxassisligi bo‘yicha 10 yildan kam bo‘lmagan ish staji,  rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

- maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega ekanligi yoki kelajakda mazkur ruxsatnoma rasmiylashtirilishiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy holatlarning mavjud emasligi.

Tillarni bilishi:

Rezidentlar uchun: o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi, ingliz va nemis tillari ma’qullandi;

Norezidentlar uchun: rus tilini mukammal bilishi, o‘zbek, ingliz va nemis tillari ma’qullanadi.

Kompyuter bilimi:

MS Office - ishonch bilan foydalanish.

- mehnatni tashkil qilishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan ilg‘or shakllarini bilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish;

- jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolari yoki Boshqaruv organ rahbarlari va a’zolari bilan har qanday qarindoshlik aloqalarning bo‘lmasligi.

 

Xizmat vazifalari:

  1. Jamiyatni rivojlantirishning iqtisodiy dasturlarini ishlab chiqish, ilg‘or iqtisodiy menejment usullarini joriy etish.
  2. Jamiyatning moliya siyosatini belgilash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
  3. Moliyaviy-iqtisodiy intizomga rioya etilishini ta’minlash.
  4. Moliyaviy mablag‘larning holati, harakati va ulardan foydalanish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari, soliq majburiyatlarining bajarilishi ustidan monitoring olib borish.
  5. Jamiyatning to‘lov qobiliyatini ta’minlash va foydasini oshirish bo‘yicha chora ko‘rish.
  6. Tashkilot faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilish va baholash, moliyani boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, shuningdek, ichki audit o‘tkazish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan o‘zaro da’volarni ko‘rib chiqish va ularni amaldagi qonunchilikka muvofiq hal etish bo‘yicha chora ko‘rish ishlarini tashkil etish.
  7. Jamiyatning strategik maqsadlari va rivojlanish istiqbollariga muvofiq iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlari bo‘yicha ishga rahbarlik qilish.
  8. Moliyaviy oqimlarni tahlil qilish va baholash, ularni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
  9. Istiqbolli va joriy rejalarni tuzish bo‘yicha ishga Jamiyatning ishlab chiqarish bo‘limlari bilan birgalikda rahbarlik qilish.
  10. Jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlik qilish, xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha ishni tashkil etish, tashkilot xodimlariga moliya masalalari bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish.
  11. Qaramog‘idagi filiallar, bo‘linmalarning iqtisodiyot, moliya, mehnatni va ish haqini tashkil etish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
  12. Kelib tushayotgan pul mablag‘larini oqilona taqsimlash.
  13. Xarajatlarni kamaytirish ko‘rsatkichini ham o‘z ichiga olgan samaradorlik ko‘rsatkichlari, shuningdek, Jamiyatning samaradorligi va natijadorligining bajarilishini ta’minlash.
  14. Xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik masalalari bo‘yicha vazifalarni hal etish.
  15. Ma’muriy, xo‘jalik va ish yuritish boshqaruvi jarayonlarini tashkil etish.
  16. Bo‘limlar va filiallarning Jamiyatning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga muvofiq ishlashini ta’minlash.
  17. Funksional vazifalariga mazmunan yaqin bo‘lgan boshqa topshiriqlarni bajarish.
  18. Jamiyat faoliyatiga oid, o‘z vakolati doirasida berilgan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan Boshqaruv raisining alohida topshiriqlarini bajarish.

Mehnat sharoitlari:

Ish vaqti: 5/2, soat 8:00 dan 17:00 gacha. Doimiy ish.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Ish haqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqi va Jamiyatning ichki hujjatlari va bozor mexanizmlariga muvofiq to‘lovlarni (mukofotlar).

 

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:

Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning  hujjatlari (rezyume yoki ma'lumotnoma, diplomlar va guvohnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanmaganligi to‘g‘risida guvohnoma) “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining xodimlar va ularning malakasini oshirish bo‘limiga qabul qilinadi. Nomzodlardan hujjatlar va ularning nusxalarini qog‘oz va elektron shaklida taqdim etilishi talab qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2026-yil 27-avgust, soat 17:00 gacha.

Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar 71 264-84-96 telefon raqami orqali bog‘lanishlari mumkin.

 

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech