11.11.2025
“O‘zbekgeofizika” AJ bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot
“O’zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati “Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi” filiali Kadrlar va ularni malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi
“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risidagi nizomga asosan Kadrlar va ularni malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tanlovini e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi, shuningdek ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarnig fuqarolari taklif etiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy geologik va geofizik ma’lumotga hamda geologiya soxasida va tegishli soxada mutaxassislik bo’yicha 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega bo‘lishi:
- Tashkilotning ishlab chiqarish faoliyati soxasidagi me’yoriy xuquqiy bilimlarga ega bo‘lishi.
- Kadrlar va ularni malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i xodimlarning xarakatini tashkil etish va hisobga olishda hujjatlarni rasmiylashtirish, xuquqiy normativ hujjatlarni, mehnat qonunlarini, filial tarkibi va shtatlari, ishchilar kasbi nomi va xodimlarning lavozimlari, muayyan ishning umumiy va doimiy tajribasi, imtiyozlar va kompensatsiyalar va xodimlar uchun pensiyalarni rasmiylashtirish tartibi.
Tillarni bilishi:
O‘zbek tilini mukammal bilishi, Rus,ingliz tilini bilishi.
Kompyuter bilimi:
MC office programmalarida - ishonch bilan foydalanish.
Xizmat vazifalari:
- Xodimlarning xarakatini tashkil etish va hisobga olishda hujjatlarni rasmiylashtirish, pensiya hujjatlarini, tashkilot ishchilarining mehnat daftarchalari va shaxsiy hujjatlarini saqlash va arxivga topshirish, qonun va huquqiy normativ aktlarni;
- Mehnat qonunlarini;
- Filial tarkibi va shtatlari;
- Ishchilar kasbi nomi va xodimlarning lavozimlari, muayyan ishning umumiy va doimiy tajribasi, imtiyozlar va kompensatsiyalar, xodimlar uchun pensiyalarni rasmiylashtirish tartibi;
- Tashkilot xodimlarining ma’lumotlar bazasini yaratish tartibi.
- O’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bo’yicha amaldagi standartlar va qoidalarning qo‘llanilishi asoslari, to‘g‘ri va to‘liqligiga javobgardir.
Mehnat sharoitlari:
Ish vaqti 5/2 08:00 - 17:00. Doimiy ish.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ish haqi: shtat jadvali bilan belgilangan ish haqi va mukofotlar Filialning ichki hujjatlariga muvofiq to‘lovlarni amalga oshiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish tartibi:
Lavozimga talabgor bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari (rezyume yoki ma’lumotnoma, diplomlar va guvoxnomalar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi) “O’zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati “Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi” filiali xodimlarni boshqarish, tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limida qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddatlari: 2025-yil 29-oktyabr soat 16:00 ga qadar.
Tanlov bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar uchun ishtirokchilar +99891 1536502 telefon raqami orqali bog’lanishlari mumkin.
Arizangizni yuboring



